LingoUp

Passive Voice

Majhul nisbat

Yasalishi

Tasdiq

SbeV3

  • The letters are delivered every morning.Xatlar har kuni ertalab yetkaziladi.

Inkor

Sbe notV3

  • The letters are not delivered every morning.Xatlar har kuni ertalab yetkazilmaydi.

Savol

BeSV3

  • Are the letters delivered every morning?Xatlar har kuni ertalab yetkaziladimi?

S
ega
V3
feʼlning uchinchi shakli — sifatdosh

Majhul nisbat nima?

Majhul nisbatda ish-harakatni kim bajarganini emas, kimga bajarilganini aytamiz. Aniq nisbatdagi toʻldiruvchi majhul nisbatda ega boʻlib qoladi, bajaruvchi esa yo tushib qoladi, yo by bilan koʻrsatiladi.

Barcha zamonlarda

Majhul nisbatning oʻzgaruvchi qismi — faqat to be feʼli. Asosiy feʼl har doim uchinchi shaklda (V3) qoladi. Zamonni aynan be koʻrsatadi.

Majhul nisbat zamonlar boʻyicha
ZamonMajhul shaklNamuna
Present Simpleam / is / are + V3The room is cleaned
Past Simplewas / were + V3The room was cleaned
Future Simplewill be + V3The room will be cleaned
Present Continuousam / is / are being + V3The room is being cleaned
Past Continuouswas / were being + V3The room was being cleaned
Present Perfecthave / has been + V3The room has been cleaned
Past Perfecthad been + V3The room had been cleaned
  • The letters are delivered every morning.Xatlar har kuni ertalab yetkaziladi.

  • The road was not repaired last year.Yoʻl oʻtgan yili taʼmirlanmadi.

  • Was the report sent yesterday?Hisobot kecha yuborildimi?

  • The bridge was designed by a young engineer.Koʻprik yosh muhandis tomonidan loyihalangan.

Qoʻllanilishi

Majhul nisbat quyidagi holatlarda ishlatiladi.

Bajaruvchi nomaʼlum

Ishni kim qilgani bilinmaydi yoki aytishga hojat yoʻq: My bike was stolen — oʻgʻri kimligi nomaʼlum. Oʻzbek va rus tilida bunday holatda shaxssiz gap ishlatiladi, ingliz tilida esa ega boʻlishi shart, shuning uchun ish tushgan narsa ega oʻrniga chiqadi.

  • My bicycle was stolen last week.Velosipedim oʻtgan hafta oʻgʻirlandi.

  • The window has been broken.Deraza sindirilgan.

  • These houses were built long ago.Bu uylar ancha oldin qurilgan.

Bajaruvchi muhim emas

Ish kim tomonidan bajarilgani ahamiyatsiz — muhimi, u bajariladi: The letters are sent every Friday. Kim joʻnatishi oʻquvchiga kerak emas, tartibning oʻzi muhim. Bajaruvchi keraksiz boʻlgani uchun by qismi umuman qoʻyilmaydi.

  • The shop is cleaned every evening.Doʻkon har kechqurun tozalanadi.

  • Bread is baked here daily.Bu yerda non har kuni yopiladi.

  • The tickets will be checked at the gate.Chiptalar kiraverishda tekshiriladi.

Rasmiy va ilmiy uslubda

Qoida, koʻrsatma va ilmiy bayonda shaxssiz ohang kerak boʻlganda. The samples were heated to 80 degrees — kim qizdirgani emas, tajriba tartibi muhim. Shu sababli ilmiy maqolada majhul nisbat koʻp uchraydi: matn muallifdan emas, jarayondan gapiradi.

  • Applications must be submitted before Friday.Arizalar jumagacha topshirilishi kerak.

  • The samples were heated to fifty degrees.Namunalar ellik darajagacha qizdirildi.

  • Visitors are asked to keep silence.Tashrif buyuruvchilardan sukut saqlash soʻraladi.

by bilan bajaruvchi koʻrsatilganda

Bajaruvchi muhim boʻlsa, u by predlogi bilan gap oxirida turadi: The song was written by her father. Oxirgi oʻrin ingliz gapida eng kuchli joy, shuning uchun bajaruvchi u yerga qoʻyilganda alohida urgʻu oladi — aniq nisbatda bunday taʼkid chiqmaydi.

  • The song was written by her father.Qoʻshiq uning otasi tomonidan yozilgan.

  • The museum is visited by thousands of tourists.Muzeyga minglab sayyoh tashrif buyuradi.

  • This dish was cooked by my grandmother.Bu taom buvim tomonidan tayyorlangan.

Ish tushgan narsani oldinga chiqarish

Gapning bosh mavzusi bajaruvchi emas, ish tushgan narsa boʻlsa. Matn bir mavzu atrofida borayotganda uni har gapda ega oʻrnida saqlash oʻqishni yengillashtiradi: The bridge was built in 1890 and is still used today. Aniq nisbat bu yerda mavzuni almashtirib yuborardi.

  • The new library was opened in May.Yangi kutubxona mayda ochildi.

  • Three languages are taught at this school.Bu maktabda uchta til oʻqitiladi.

  • The results are published on the website.Natijalar saytda eʼlon qilinadi.

Koʻrsatma va jarayon tavsifida

Retsept, yoʻriqnoma va texnologik tavsifda kim bajarishi muhim emas — qadamlar ketma-ketligi muhim. The dough is left for an hour. Buyruq mayli bilan ham yozish mumkin (Leave the dough), lekin majhul nisbat rasmiyroq va shaxssizroq chiqadi, shuning uchun sanoat hujjatlarida shu tanlanadi.

  • The dough is left to rise for an hour.Xamir bir soat koʻpchishga qoldiriladi.

  • The parts are washed and then dried.Qismlar yuviladi, soʻng quritiladi.

  • The form must be signed before it is sent.Blanka yuborilishidan oldin imzolanishi kerak.

Xabar va sarlavhalarda

Yangilikda voqea oldinga chiqadi, bajaruvchi esa keyin aytiladi yoki umuman aytilmaydi. Sarlavhada be koʻpincha tushirib qoldiriladi: Three people rescued from the river. Toʻliq gapda u tiklanadi — shuning uchun sarlavhani namuna sifatida koʻchirib boʻlmaydi.

  • Three people were rescued from the river.Uch kishi daryodan qutqarildi.

  • The bridge will be closed for repairs.Koʻprik taʼmir uchun yopiladi.

  • A new library has been opened in the district.Tumanda yangi kutubxona ochildi.

Aniq va majhul nisbat

Aniq nisbat

Ega ishni oʻzi bajaradi.

  • The chef prepared the soup.Oshpaz shoʻrvani tayyorladi.

Majhul nisbat

Ega ustida ish bajariladi.

  • The soup was prepared by the chef.Shoʻrva oshpaz tomonidan tayyorlandi.